smmbilan.uz
USD
Giriş Kayıt ol

Maxfiylik siyosati

Bu siyosat smmbilan.uz qanday ma'lumot yig'ishini, nima uchun va kimga berishini tushuntiradi.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

Siz o'zingiz berasiz:

  • email manzil va foydalanuvchi nomi (majburiy);
  • ism, familiya, kompaniya, telefon (ixtiyoriy);
  • buyurtma ma'lumotlari: havola, miqdor, izoh matnlari;
  • to'lov cheki (qo'lda to'lov usulida).

Avtomatik yig'iladi:

  • IP manzil, brauzer va qurilma turi;
  • kirish vaqti va tarixi (xavfsizlik uchun);
  • IP orqali taxminiy davlat — valyuta va tilni oldindan tanlash uchun.

2. Nima uchun kerak

Maqsad Nima ishlatiladi
Buyurtmani bajarish havola, miqdor, xizmat
Hisobni himoya qilish IP, kirish tarixi, qurilma
To'lovni tasdiqlash summa, chek, to'lov usuli
Xabar berish email
Firibgarlikni aniqlash IP, bir IP dan hisoblar soni

3. Kimga beriladi

  • Yetkazib beruvchi (provayder) — buyurtmani bajarish uchun faqat havola va miqdor uzatiladi. Ismingiz, emailingiz va to'lov ma'lumotingiz uzatilmaydi.
  • To'lov shlyuzi — to'lovni amalga oshirish uchun. Karta ma'lumotlari bizning serverimizga umuman tushmaydi; ular to'g'ridan-to'g'ri shlyuzga boradi.
  • Qonuniy talab bo'lganda — vakolatli organga.

Boshqa hech kimga ma'lumot sotilmaydi va berilmaydi.

4. Parol va sirlar

  • Parol hech qachon ochiq saqlanmaydi. U Argon2id algoritmi bilan qaytarib bo'lmaydigan shaklda saqlanadi.
  • 2FA kaliti va API kalitlari shifrlangan holda yotadi.
  • API kaliti bir marta ko'rsatiladi va keyin qayta ko'rsatilmaydi.

5. Cookie

Faqat kerakli cookie ishlatiladi:

  • sessiya cookie — hisobga kirgan holatni saqlash;
  • til va valyuta tanlovi;
  • "meni eslab qol" (o'zingiz belgilasangiz).

Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi. Sayt tashqi analitika qo'shsa, bu shu sahifada e'lon qilinadi.

6. Qancha saqlanadi

  • Hisob ma'lumoti — hisob faol bo'lgan davrda;
  • buyurtma va to'lov yozuvlari — moliyaviy hisobot talabi bo'yicha saqlanadi va hisob o'chirilganda ham qoladi (summalar shaxsiy ma'lumotdan ajratilgan holda);
  • kirish tarixi va texnik jurnallar — 30 kungacha.

7. Sizning huquqlaringiz

  • ma'lumotingizni ko'rish va profil sahifasida to'g'rilash;
  • hisobni o'chirishni so'rash;
  • bildirishnomalarni o'chirish (profil → bildirishnomalar).

Diqqat: hisob o'chirilganda ham pul harakati yozuvlari saqlanadi. Ular buxgalteriya hujjati va nizoni hal qilish vositasi — o'chirilsa to'lov bo'yicha bahsni isbotlash imkoni yo'qolardi.

8. Xavfsizlik

Sayt HTTPS bilan ishlaydi. Admin panelida ikki bosqichli tasdiqlash majburiy. Kirish urinishlari qayd etiladi va shubhali faoliyat cheklanadi.

Shunga qaramay hech bir tizim mutlaqo buzilmas emas. Hisobingiz xavfsizligi uchun kuchli va boshqa joyda ishlatilmagan parol tanlang.

9. Aloqa

Maxfiylik bo'yicha savollar: "Aloqa" sahifasidagi manzil yoki panel ichidagi Qo'llab-quvvatlash.